WBA Hasanboy Do‘smatovning chempionlik jangiga buyruq berdi
Sport
−
09 fevral 2024 7306 1 daqiqa
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) minimum vazn toifasidagi jahon chempioni, tailandlik Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi. Himoya jangida Niyomtrongga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi.
Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar o‘tkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi. Hasanboy Do‘smatov esa profboksdagi faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Hozirda Do‘smatov WBA reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi