BMT Bosh ofisida 3 758 bolaga atalgan maktab sumkalaridan “qabriston” paydo bo‘ldi

Olam

UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti dunyo mamlakatlari rahbarlarining e’tiborini o‘tgan yili qurolli to‘qnashuvlar va urushlarda qurbon bo‘lgan 3 758 nafar bolalarga qaratdi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh ofisida maktab sumkalaridan iborat  “ramziy qabriston” tashkil etildi. Yam-yashil maydonga 3 758 bolaga atalgan, havorang va UNICEF belgisi tushirilgan maktab sumkalari qo‘yib chiqildi. 

“Ramziy qabriston” tashkil etilishining boisi shuki, sentyabr oyining oxirgi haftasida BMT Bosh ofisida tashkilotga a’zo davlatlar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Bundan unumli foydalanib, UNICEF yana bir bor davlat rahbarlarining e’tiborini urush va qurolli to‘qnashuvlarda halok bo‘layotgan bolalarga qaratishni istagan. 

“Har doim orzu va umidlarning ramzi bo‘lgan maktab sumkalari bu safar “qabr”ga aylandi. Biz bu bilan ayni vaqtda ham urush va qurolli to‘qnashuvlar hududida yashab kelayotgan bolalarga e’tibor qaratmoqchimiz”, deydi tashkilot direktori Genriyetta Xolsman Fore.

BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 12 mingdan ortiq bolalar urush va qurolli to‘qnashuvlar o‘choqlarida qurbon bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF

Baholaganlar

138

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing