Vuchich Serbiya qachon Rossiyaga “tish qayrashini” aytdi
Olam
−
21 Oktabr 2022
10153Serbiya respublika va uning fuqarolari mavjudligiga tahdid tug‘ilmaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamaydi. Bu haqda kecha, 20 oktyabr kuni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich “Prva” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Yevropaga intilyapmiz, bu aniq. Men buni hech qachon qilmaymiz, deb aytmadim (gap Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash haqida ketmoqda – tahr.). Har safar takror aytamanki, Serbiya, toki uning fuqarolari mavjudligiga hech qanday tahdid yo‘q ekan, biz mustaqil siyosatimiz va Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida qabul qilgan siyosatimizga sodiq qolishda davom etamiz”, deydi Vuchich.
Serbiya rahbari mamlakatning “mavjudligi uchun xavf tug‘ilishi bilanoq” fuqarolarga murojaat qilishini va ularga sanksiyalar masalasida hammasini tushuntirishini ta’kidladi.
Rossiya Ukrainaga hujum boshlanganidan keyin Vuchich Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida Serbiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, lekin Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni qo‘llamasligini aytdi. Uning qayd etishicha, Serbiya Rossiya va Ukrainani qardosh davlatlar deb biladi, Yevropa sharqida sodir bo‘layotgan voqealardan afsusda va Kiyevga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor.
LiveBarchasi