Putin Zaxarovaning posti uchun Vuchichdan kechirim so‘radi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning ijtimoiy tarmoqdagi posti uchun kechirim so‘raganini ma’lum qildi. Serblar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham uzr so‘ragan. Bu haqda Vuchich RTS telekanaliga ma’lum qildi.

“Putin va Sergey Lavrov hech qachon meni oldimda kechirim so‘ramagan. Bu voqea sabab ikkalasi ham shunday qildi.Ahamiyatlisi, men o‘zim buni eslatmagandim (Zaxarovaning postini)”, degan Vuchich.

Serbiya Prezidenti bu haqda Putin bilan telefon orqali muloqot qilganidan so‘ng ma’lum qildi. Vuchich Zaxarovaning posti u uchu arzimas ekanligini, chunki Serbiyada ba’zi diplomatlar Rossiya haqida “safsatalar aytishini”, ammo kechirim so‘ramasligini qo‘shimcha qildi.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning birgina postga munosabati mamlakat Serbiyani qanchalik hurmat qilishini ko‘rsatgan.

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin kechirim so‘raganini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 sentyabr kuni Vuchich Vashingtonga bordi. Serbiya Prezidenti u yerda Kosovo bilan iqtisodiy hamkorlik qilish bo‘yicha AQSH bilan kelishuv imzoladi. Zaxarova Facebook sahifasida bu uchrashuvga izoh qoldirib, Vuchich Oq uyda tergov vaqtidagidek o‘tirganiga imo qildi. Vuchich Zaxarovaning postini uyatsiz va ibtidoiy deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Serbiya

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing