Vuchich NATOni Yugoslaviyani bombardimon qilgani uchun javob berishga chaqirdi

Olam

image

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich NATOni 1999 yilda Yugoslaviya Federativ Respublikasiga qarshi tajovuzi uchun javob berishga chaqirdi. Bu haqda mamlakat rahbari alyansning Yugoslaviyaga qarshi agressiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan motam tadbirlarida aytib o‘tdi.

“24 yil o‘tdi, siz bizning hududimizni parchalab tashladingiz. 79 nafar bolani, 2,5 ming fuqaroni, nafaqat tinch aholini, balki askarlar va politsiyachilarni ham o‘ldirdingiz. Siz kimsizki, o‘z hududingizda va o‘z yurtingizda bo‘lgan askarlarimiz va militsionerlarimizni o‘ldirasiz? Bizning askarlarimiz va politsiyachilarimizni o‘ldirishga qanday haqqingiz bor? Sizga bu huquqni kim berdi? Siz hech qanday gumanitar falokatning oldini olmadingiz. Siz boshqa davlat hududiga qadam bosmagan bir erkin va suveren mamlakatda isyonchi guruhlarni qurollantirdingiz”, deydi Aleksandr Vuchich.

Shuningdek, Serbiya Prezidenti o‘z nutqi davomida respublika 1999 yilgi NATO agressiyasini barcha serblar yo‘q bo‘lgandagina unutishini ta’kidlagan.

Serbiya NATOning Yugoslaviyaga qarshi agressiyasining 24 yilligini nishonlamoqda. Bu yil xotira tadbiri Somborda bo‘lib o‘tdi. Sababi 1999 yili ilk bor aynan shu yerga bomba tushib, birinchi Serbiya fuqarosi halok bo‘lgandi. NATOning Yugoslaviyaga qarshi agressiyasi 1999 yil 24 martda boshlangan va 78 kun davom etgan.

NATO ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya davomida alyans mamlakatlari aviatsiyasi 38 mingta parvozni amalga oshirgan, ularning 10 mingdan ortig‘i bombardimon qilishdan iborat edi.

Serbiya ma’lumotlariga ko‘ra, bombardimonlar oqibatida 3,5 mingdan 4 minggacha odam halok bo‘lib, 10 mingga yaqin odam yaralangan. Ularning uchdan ikki qismi tinch aholi bo‘lgan. Moddiy zarar 100 milliard dollarni tashkil etgan.

NATO kuchlari tomonidan Yugoslaviya bombardimon qilingan davrda Serbiya hududiga snaryadlarda 15 tonna tugagan uran tashlangan.

Shundan so‘ng, mamlakat Yevropada onkologik kasalliklar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, portlashlardan keyingi dastlabki 10 yil ichida respublikada 30 mingga yaqin odam saraton xastaligiga chalingan, ular ichida 10 mingdan 18 minggacha vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Aleksandr Vuchich Yugoslaviya bombardimon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing