Voyaga yetmaganlarni majburlab ishlatganlarni jinoiy javobgarlikka tortish taklif qilindi
Jamiyat
−
26 dekabr 2020
5041Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi poratiladi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Mazkur loyihaga asosan Jinoyat kodeksi “148−3-moddaci — Voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga jalb qilish” bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Ushbu moddaga ko‘ra, Voyaga yetmagan shaxsni uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarga majburiy jalb qilish — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa — 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat voyaga yetmagan shaxsning sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining “216−1-modda — G‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash” ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda: O‘sha harakatlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa — 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LiveBarchasi