Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar olib tashlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda kecha, 30 iyun kuni Prezident tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunda so‘z boradi.

Hujjat bilan mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

Endilikda mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida 4 marta muddati 5 sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv belgilanadi. Bundan tashqari, manzil-koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

Qonun hujjati bilan mahkumlarni jazo o‘tashi davrida adolatli mezonlar asosida rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi hamda rag‘batlantirish choralarini qo‘llash komissiyasining ish faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga ega kiradi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

qamoqxona koloniya mahkum

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing