Fransiya qamoqxonalaridagi mahbuslar soni rekord darajaga yetdi

Olam

image

Fransiya qamoqxonalaridagi mahbuslar soni 77 ming kishidan oshib mamlakat tarixidagi rekord darajaga yetdi. Bu haqda “France Press” agentligi mamlakat Adliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 1 aprel kuni Fransiya qamoqxonalarida 77 450 kishi ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davriga nisbatan 4370 taga ko‘pdir va ushbu holat mamlakat tarixidagi eng ko‘p mahbuslar saqlanayotgan davr ekanligidan dalolat.

“Ba’zi qamoqxonalar 200% to‘lgan. Bu esa hatto yerlarda yotishga majbur bo‘lganlar soni keskin oshganini bildiradi”, deyiladi xabarda.

Bungacha Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Fransiya qamoqxonalaridagi sharoitlarni bir necha bor qoralagan edi. O‘tgan yilning iyul oyida tashkilot Fransiyada qamoqxonalarning gavjumligi bilan bir qatorda yomon sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha maqsadli ish olib borilmayotganligini tanqid qilib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya qamoqxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made