Volkswagen Rossiyadagi aktivlarini sotdi

Olam

image

Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyadagi aktivlarini mahalliy investorga sotganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida xabar berildi

Bildirilishicha, Rossiya hukumati avvalroq konsern aktivlarini “Avilon” onlayn avtomobil do‘koniga 125 million yevrogacha narxda sotishga ruxsat bergan. Kelishuvga ko‘ra, “Avilon”ga “Folksvagen Grup Rus” MCHJ va uning nazoratidagi kompaniyalar – “Folksvagen Komponenti i Servisi”, “Skaniya Lizing”, “Skaniya Finans” va “Skaniya Straxovaniye” sotildi. 

Volkswagen'ning Kaluga va Nijniy Novgoroddagi zavodlarida ishlab chiqarish 2022 yilda to‘xtatilgan edi. Bir yil o‘tib esa Nijniy Novgorod viloyati arbitraj sudi GAZ avtomobil zavodining da’vosi bo‘yicha konsernning Rossiyadagi aktivlari musodara qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hyundai Rossiyadagi zavodini Qozog‘iston kompaniyasiga sotib, mamlakat bozorini tark etmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Volkswagen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing