Volkanovskining navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni avstraliyalik Aleksandr Volkanovski 2024 yilning fevralida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan UFC 298 turnirida Iliya Topuriyaga qarshi jang qiladi. Bu haqda “MMA.Metaratings.ru” xabar berdi.

Volkanovskining so‘nggi jangi shu yilning oktyabr oyida UFC 294 doirasida Islom Maxachevga qarshi o‘tkazilgan edi. Ushbu qarama-qarshilikda Aleksandr birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘ldi. 

Volkanovskining hisobida 26 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat bor. E’tiborlisi, Volk MMA'dagi 2 ta mag‘lubiyatini ham Islom Maxachevdan qabul qilib olgan. 

Topuriya esa oxirgi marta shu yilning iyun oyida UFC on ABC 5 da Josh Emmettga qarshi oktagonga chiqqandi. Jang to‘liq davom etdi va hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan Iliya foydasiga yakunlandi. Uning hisobida 14 g‘alaba mavjud, mag‘lubiyat esa yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya Josh Emmett

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made