UFC Oq uy turniri uchun asosiy janglarni e’lon qildi

Sport

image

UFC joriy yilning iyun oyida Oq uy hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan turnir uchun ayrim janglarni rasman e’lon qildi. Bu haqda turnir rasmiy sahifasi xabar berdi.

Mazkur MMA shou yangi formatda tashkil etiladi. Turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladi va 2026 yil 14 iyunga belgilangan.

Kechaning asosiy jangida yengil vazn toifasining amaldagi va vaqtinchalik chempionlari – Iliya Topuriya hamda Jastin Geytji o‘zaro to‘qnash keladi.

“Bizning matchmeykerlarimiz turli variantlarni muhokama qildi va qaysi janglarni tashkil qilish mumkinligini aniqlashdi. Shundan so‘ng ular menga takliflar bilan qaytdi va men yakuniy reja tuzdim”, deydi UFC prezidenti Dana Uayt.

Kechaning yana bir markaziy jangi vaqtinchalik og‘ir vazn toifasi (120,2 kg gacha) chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Unda fransiyalik Siril Gan braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi.

Amaldagi chempion, britaniyalik Tom Aspinall esa Gan bilan jangda olgan ko‘z jarohatidan tiklanayotganligi sababli turnirda qatnasha olmaydi.

Shuningdek, quyidagi janglar ham e’lon qilindi:

  • Shon O’Melli – Aymann Zaxabi;
  • Maurisio Ruffi – Maykl Chendler;
  • Bo Nikal – Kayl Dokas;
  • Diyego Lopes – Stiv Garsiya.

Maqola muallifi

Teglar

UFC Oq uy Iliya Topuriya Jastin Geytji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing