Volgograddagi koloniyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi
Olam
−
23 avgust
7221Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmatining Volgograd viloyatidagi 19-koloniyasida intizomiy komissiya yig‘ilishida mahkumlar qamoqxona xodimlarini garovga olgani aytilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
“19-sonli intizomiy axloq tuzatish koloniyasi komissiya yig‘ilishida mahkumlar qamoqxona xodimlarini garovga oldi. Hozirda garovga olinganlarni ozod qilish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar bor, xususan, xodimlaridan biri halok bo‘lgan. Bosqinchilar tomonidan garovga olinganlar soni hozircha noma’lum. Nashrga ko‘ra, operativ binoda uchta terrorchi bor. Ular vertolyot va ikki million dollar talab qilmoqda. Agar bosqinchilar ta’qib qilinsa, garovga olinganlarni o‘ldirishga va’da bergan.
Voqeadan xabar topgan maxsus kuchlar zudlik bilan koloniyaga yetib borgan va hujumni boshlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, koloniyada 1230 nafar mahbus saqlanmoqda.
LiveBarchasi