Voleybol federatsiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi mansabdorlari 300 mln so‘mdan ziyod byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasida byudjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganilgan. Natijada, federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar byudjet mablag‘larini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilgani aniqlangan.

Xususan, sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga asosan, federatsiyaga 54 nafar sportchilar bilan 23 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun byudjetdan 445 mln so‘m ajratilgan bo‘lsa-da, amalda 10 kun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, 231 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.

Bundan tashqari, terma jamoa va uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan 29 nafar sportchi turli sport yig‘inlariga yuborilib, 75 mln so‘m mablag‘lar asossiz sarflangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zararning 120 mln so‘mi qoplanishi ta’minlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanayotgan Karate milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Voleybol federatsiyasi

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar