Vodiyga Tojikiston orqali buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Avvalroq, “Qamchiq” dovoni hududida noqulay ob-havo sharoiti kuzatilayotgani sababli haydovchilar va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, dovon bo‘ylab avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, “Qamchiq” dovoni yo‘nalishidan foydalanadigan barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. 

Mazkur yo‘nalishda “Uzautotrans service” korxonasi Yutong avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

“Toshkentdan yo‘lga chiqqan avtobus Andijon, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari bo‘ylab harakatlanadi. Avtobus Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidan (vodiy pitak) yo‘lga chiqadi. Avtobus Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadi. Shu sababdan yo‘lovchilar o‘z shaxsiy pasportlari bilan avtobusga chiqishlari lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Qamchiq

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing