Vodiydagilarga ko‘chaga chiqqanda niqob taqish tavsiya qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

“Mazkur hududlar aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 

O‘zgidrometning ta’kidlashicha, bunday ob-havoda fuqarolar ochiq havodagi faoliyatini qisqartirishi, xonadan tashqariga chiqqanda niqob taqishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet kecha, 4- va 3 noyabr kunlari ham O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

shamol O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing