Vladivostokda o‘zbekistonlik migrant vafot etdi
Jamiyat
−
11 dekabr 2019
7230Rossiyaning Primore o‘lkasi Artyom shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 6 dekabr kuni Artyom shahri shifoxonasida O‘zbekiston fuqarosi B.G‘. yurak yetishmovchiligidan vafot yetdi. U ushbu hududda 2015 yildan buyon qonuniy asosda ishlab va yashab kelayotgan edi.
Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, Rossiyaning Uzoq sharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan o‘zbekistonliklarni zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15