Vladivostokda 4 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiyaning Vladivostok shahrida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 24 oktyabr kuni Vladaivostokda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida Buxoro viloyatidan kelgan 3 nafar o‘zbekistonlik O.J., K.T. va J.B. vafot etdi.

Konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinganidan so‘ng 26 oktyabr kuni o‘zbekistonliklarning jasadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Vladivostok-Toshkent yo‘nalishidagi reysi bilan Vatanga yuborildi. 

Shuningdek, 27 oktyabr kuni Vladivostok shahri bolalar shifoxonasida sog‘ligi holatining yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi I.B. vafot etdi. 

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi Vakolatxonasi bilan birgalikda marhumaning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Vladivostok falokat

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing