Toshkent viloyatida ikki hamkasb o‘rtasida pichoqbozlik bo‘ldi

Jamiyat

image

2020 yilning 9 yanvar kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida ikki hamkasb o‘rtasida og‘ir jinoyat sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining habar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 02:25 larda ilgari sudlangan 23 yoshli X.U. qo‘shma korxonada o‘zi bilan birga ishlab kelayotgan tanishi 25 yoshli Sh.N. bilan o‘zaro tortishib qoladi. O‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, dala maydonida o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan Sh.N.ni tanasining ko‘krak qafasi orqa yuzasiga bir necha marotaba zarba berib tan jarohati yetkazgan.

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, Sh.N.ning tanasida “chap tomon ko‘krak qafasiga teshib kirgan jarohati” borligi ko‘rsatilgan.

“Hozirda ushbu holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

pichoqbozlik Toshkent viloyati

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing