Vladimir Zelenskiy: Donbass mojarosini to‘xtatishda uch muhim bosqichdan o‘tish kerak

Olam

image

Bugun, 30 oktyabr kuni Ukrainaning Mariupol shahrida bo‘lib o‘tgan Birlik forumida mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi mojaro, odamlarni yarashishi va xavfsiz reintegratsiyadan so‘ng bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Sayyoramizning har bir burchagidagi qurolli mojarolar va urushlarning xalqaro tajribasi shuni ko‘rsatadiki, urushni tugatish uchun uchta asosiy bosqichdan o‘tish kerak", deydi u. Birinchi bosqich, "qizg‘in pallani tugatish va sulhni to‘xtatish".

Shu bilan birga Zelenskiy yaqin kelajakda bunga erishilishiga ishonch bildirdi. Ikkinchi "ajralmas" bosqich, u odamlarni yarashtirish, murosaga kelish deb atadi. "Uchinchi bosqich — bu xavfsiz reintegratsiya", deya qo‘shimcha qildi u. 

Zelenskiy ta’kidlaganidek, ushbu uch bosqichning hammasi birgalikda davlat va jamiyat bosqichidan o‘tishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Donbassdagi mojaro 3 muhim bosqich

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing