Vladimir Norov Germaniya Tashqi ishlar vaziri Berbok bilan uchrashdi
Jamiyat
−
01 noyabr 2022
3265O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 2022-yil 1-noyabr kuni Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Germaniya kun tartibining hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, Germaniya tomoniga O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy jihatlari va erishilgan natijalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, tashrif va tajriba almashish amaliyotini davom ettirish, turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlar tashkil etishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlangan.
Har ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari inson huquqlarini ta’minlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash muhimligi haqida yakdil bo‘lgan. Shu nuqtayi nazardan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Germaniya Inson huquqlari instituti o‘rtasida muloqot o‘rnatish zarurligi qayd etilgan. V.Norov germaniyalik ekspertlarni joriy yilning 5-6 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Inson huquqlari sohasida ta’lim bo‘yicha global forumga taklif qilgan.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok O‘zbekistoning Orol dengizi fojeasi oqibatlarini bartaraf qilishdagi harakatlarini yuqori baholagan. Shuningdek, tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashgan.
LiveBarchasi