Vladimir Klichko: Ringga qaytish haqida o‘ylayman
Sport
−
26 Sentabr 2019
3787Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko faoliyatini qayta tiklashi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Men qaytamanmi yoki yo‘qmi, buni bilmayman. Har kuni ertalab men bu haqida o‘ylayman. Har kuni mashg‘ulot olib boraman. Har tong shu shirin hayollar bilan uyg‘onaman. Sog‘lom turmush tarzi menga foydali", dedi Klichko.
U so‘nggi jangini 2017 yil Entoni Joshuaga qarshi jang o‘tkazib, britaniyalik raqibiga nokaut bilan yutqazib qo‘ygandi.
Ma’lumot uchun, Vladimir Klichko boks bilan shug‘ullanishni 14 yoshidan boshlagan. Brovari sport maktab-internatida murabbiylar Valeriy Xlistov va Aleksandr Polichuklar qo‘lida boks sirlarini o‘rgangan.
LiveBarchasi