Virusolog qanday ob-havoda koronavirus tarqalishi sekinlashini aytdi 

Salomatlik

image

Quyoshli ob-havoning boshlanishi bilan, COVID-19 ning tarqalishi sekinlashadi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Rossiyadagi Virusli infeksiyalarning oldini olish va davolash bo‘yicha markaz direktori Georgiy Vikulov ma’lum qildi.

Virusologning aytishicha, yuqori harorat infeksiyaning tarqalishini kamaytirishi mumkin. Ammo buning uchun harorat 50 va undan yuqori darajada bo‘lishi kerak. Uning ta’kidlashicha, tashqi muhitda ushbu harorat ostida qolgan virus ancha kuchsizlanadi.

"Quyoshning qizdirishi kuchayganda, virus tarqalishi sekinlashadi. Shuning uchun yozga kelib biz kasallik tarqalishini va virus faolligining pasayishini kutamiz", deydi Vikulov.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus kasalligini pandemiya, deb e’lon qildi. Hozirgacha ushbu virus dunyoning 178 mamlakatida aniqlangan. Kasallik dunyo bo‘yicha 882 191 nafar odamda qayd qilingan. Ularning 44 136 nafari vafot etgan, 185 094 nafari esa ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ob-havo Koronavirus Virusolog

Baholaganlar

1573

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing