Virus yuqtirgan Pashinyanning salomatligi haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi
Olam
−
02 iyun 2020
4697Koronavirus tashxisi qo‘yilgan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘zini yaxshi his qilayotganini va o‘z vazifalarini masofadan bajarishda davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 2 iyun kuni mahalliy yangiliklar kanallari tomonidan namoyish etilgan onlayn-brifingda aytib o‘tdi.
"Menga va oila a’zolarimga koronavirus tashxisi qo‘yilgani sababli, biz hukumat uyida yolg‘iz qolishda davom etayotganimizni ta’kidlamoqchiman. Men va oilamizning qolgan a’zolari o‘zlarini yaxshi his qilmoqdamiz. Men o‘z vazifamni masofadan turib bajarishda davom etaman", deya ta’kidlagan u.
Eslatib o‘tamiz, Armanistonning 45 yoshli Bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oila a’zolari koronavirusga chalingan edi.
Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolmoqda. O‘tgan kun davomida mamlakatda 517 ta yangi holat aniqlandi. Kasallikka chalinganlarning umumiy soni 10 009 nafarga yetdi. Epidemiya boshlangandan beri 158 kishi yuqumli kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
LiveBarchasi