Nikol Pashinyan va uning oila a’zolari koronavirusga chalindi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va uning oila a’zolari koronavirusga chalindi. Bu haqda u Facebook`da onlayn muloqot vaqtida ma’lum qildi.

“Men koronavirusga test topshirdim. Afsuski, menda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shundan so‘ng, oila a’zolarim ham koronavirusga test topshirdi, taassufki, ularda ham koronavirus aniqlandi. Bizda alomatlar yo‘q, harorat barqaror. Hozir hammamiz izolyatsiya qilinganmiz, uydan ishlashda davom etaman. Bu yerda barcha sharoit mavjud”, degan Pashinyan.

Avvalroq, Nikol Pashinyan mamlakatda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Armanistonda 9282 kishida koronavirus aniqangan. Ularning 131 nafari vafot etgan va 3386 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Koronavirus Armanistonda

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing