Armaniston Bosh vaziri va uning oila a’zolari sog‘ayib, COVID-19 immunitetiga ega bo‘lishdi
Olam
−
08 iyun 2020
3842Avvalroq, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan koronavirusga chalingani haqida xabar berilgan edi. Bugun, 8 iyun kuni u ushbu kasallikdan davolanganini aytdi. Bu haqda u Facyebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Pashinyan va uning oila a’zolarida o‘tkazilgan COVID-19 takroriy sinovlari manfiy natijani ko‘rsatdi", deydi hukumat rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, infeksiyaning o‘tish vaqti va sharoitlarini qayta ko‘rib chiqish kerak. Shuningdek u o‘zi va oila a’zolarida ushbu kasallikka qarshi immunitet shakllangani haqida ham aytib o‘tdi.
"Hozir asosiy narsa barchamiz sog‘lom va immunitetga egamiz. Men to‘laqonli ish olib boryapman", deydi Pashinyan.
Joriy yilning 6 iyun kuni Pashinyan Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni keskin deb atadi. Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimi haddan tashqari bosimga duch kelgan. Shifokorlarni kasallangan bemorlarni shifoxonaga yotqizishga vaqtlari yetmayapti.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Armaniston Bosh vaziri Respublikada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini aytgan edi.
LiveBarchasi