Virus o‘chog‘i Uxanda qancha o‘zbekistonlik yashayotgani ochiqlandi
Jamiyat
−
23 yanvar 2020
10842O‘zbekistonning Xitoydagi Elchixonasi Xubey provinsiyasining Uxan shahrida koronavirus tarqalishiga oid vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar bermoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, shaharda maxsus shoshilinch shtab joylashtirilgan va 2020 yil, 23 yanvar, soat 10:00 dan boshlab jamoat transportlari (avtobuslar, metro, paromlar va boshqalar) vaqtincha to‘xtatildi. Aeroport va temir yo‘l stansiyalaridan chiqadigan reyslar bekor qilindi. Shahardan chiqish yo‘llari yopilgan. Shaharning barcha transport vositalari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Uxan shahrida 250 nafar atrofida O‘zbekiston fuqarolari, asosan, oliy ta’lim muassasalari talabari yashaydi. Ularning nisbatan ko‘pchiligi semestr yakunlanganligi sababli vatanga qaytishgan. Elchixona ma’lumoti bo‘yicha hozirda shaharda 30 ortiq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin. Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun “Wechat” ijtimoiy tarmog‘ida “Uxan 2020 O‘zbekiston” guruhi tuzildi. Talabalarga xotirjamlikni saqlash, zaruriy ehtiyot va profilaktika choralariga amal qilish kerakligi tushuntirildi, Yelchixona konsullik bo‘limi xodimlarining telefon raqamlari berildi.
Mazkur yo‘nalishda ishlar davom ettirilayotgani aytilgan.
“TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (telefon: +8610-6532-6305) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (telefon: +8621-6307-1896) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr