Virus blokatorlari koronavirusdan himoya qiladimi?

Intervyu

Koronavirus pandemiyasi boshlangach, tibbiy niqoblar, dezinfeksiya vositalari va viruslarga qarshi dori-darmonlarning savdo hajmi ortdi. Avvaliga barcha mamlakatlarda ularning taqchilligi sezilgan bo‘lsa, oradan vaqt o‘tib, dorixonalarda yangi turdagi mahsulotlar paydo bo‘ldi. Koronavirus bahonasida virus blokatorlari ham ommalashdi. Kimdir ularni yangi turdagi koronavirus COVID-19 dan himoyalovchi eng samarali vosita desa, yana boshqalar uning koronavirus uchun foydasiz ekanini aytadi. Xo‘sh, aslida qanday? Biz ushbu savollarga aniqlik kiritish maqsadida Virus-stop loyihasining marketing bo‘yicha menejeri Malika Yusupova bilan suhbatlashdik. 

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 
 
Feruza Najmiddinova, jurnalist: — Viruslar blokatori nima?

Malika Yusupova, Virus-stop loyihasining marketing bo‘yicha menejeri: —  Ecom air mask viruslar blokatori – bu xlor dioksididan foydalangan holda viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va allergenlar kabi hayotimizda uchraydigan barcha mikrob turlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan innovatsion texnologiya bo‘lib, u havo yo‘li bilan yuqadigan kasalliklardan maksimal himoya qilish xususiyatiga ham egadir.

F.N.: — Viruslar blokatorlari va koronavirus o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud. Blokator to‘g‘ridan-to‘g‘ri aynan COVID-19 tarqalishi bilan mashhurlikka erishdi.

M.Yu.: — Darhaqiqat, ular karantin davrida ommalashdi. Garchi biz ushbu mahsulot savdosi bilan 3 yildan ortiq vaqtdan beri shug‘ullanyapmiz. Dunyo bozorida blokatorlar 10 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. Biroq, biz hech qachon Ecom air mask koronavirusdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri himoya qilishi haqida aytmaganmiz. Ammo u tanani gripp, shamollash va allergiyadan himoya qilishi mumkin. 

Virus blokatorlari ommalashganini aynan bu yil boshida koronavirus tarqalishi bilan bog‘lash mumkin, shuni aytishim mumkinki, agar unga vaqt nuqtai nazaridan qarasak, biz ushbu mahsulotni uch yildan buyon ommalashtirishga harakat qilyapmiz. Butun dunyoda so‘nggi o‘n yil ichida u kundalik hayotning bir qismiga aylanib ulgurdi. Shu sababli, biz Ecom air mask virus blokatorlarini koronavirus infeksiyasining davosi sifatida ko‘rsatmaymiz, bizning havo niqobimiz profilaktikaga moslashtirilgan. 

F.N.: — Nima blokatorlar koronavirus paydo bo‘lgandan keyin ommalashdi?

M.Yu.: — Menimcha, odamlar noma’lum kasallikdan qo‘rqib, har qanday narsani qo‘llay boshlaganliklari bilan ushbu holatni bog‘lash mumkin. Shuningdek, ko‘plab taniqli shaxslar ulardan foydalanishni boshladilar. Hatto, boshqa mamlakatlarda ham blokatorlarga bo‘lgan talabning oshishi kuzatildi. Xususan, Yaponiyaning o‘zida savdo do‘konlari peshtaxtalarida aynan virus blokatorlarining qolmagani ko‘zga tashlandi. Ular odamga hech qanday ta’sir o‘tkazmasdan, atrofimizdagi havoni dezinfeksiyalash orqali himoya qilishini inkor eta olmaymiz. Har qanday holatda, oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilishingiz va bevosita aloqalarni cheklashingiz lozim.

Shuni ham hisobga olish kerakki, virus blokatorlari, xususan, bakteriyalar, zamburug‘lar va changchalardan tashqari havoni viruslardan dezinfeksiya qiladi, koronavirus ham virus bo‘lib, keyinchalik xlor konsentratsiyasi bilan reaksiyaga kirishuvchi oqsil qobig‘iga ega. Bu viruslar uchun zararli, ammo odamlar uchun mutlaqo zararsizdir.

Shuningdek, virus blokatorining havo niqobi ekanligini hisobga olish kerak, ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarga nisbatan u himoya qilishni kafolatlay olmaydi. U havoda aylanib yuradigan viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va changchalarga qarshi profilaktika qiladi. Shuning uchun, blokatorlardan foydalanish bilan birga oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilish orqali siz yuqtirish ehtimolini maksimal tarzda kamaytirishingiz mumkin.

F.N.: — Agar men ushbu blokatorni taqishni boshlasam, uning amal qilish muddati qachon tugaydi?

M.Yu.: — Ecom air mask virus blokatori 30 kunga mo‘ljallangan, shu davrda xlor dioksididan iborat blokator havodagi suv bug‘i bilan reaksiyaga kirishadi va havoni 1 m3 radiusda zararsizlantiruvchi himoya sharini hosil qiladi. Muddati tugagandan so‘ng, u dezinfeksiyalovchi hududni ajratishni to‘xtatadimi?

F.N.: — U shunchaki himoya qilishni to‘xtatadimi? U odamlar uchun zararli bo‘lib qolmaydimi?

M.Yu.: — Вирuс blokatori shunchaki himoya qilishni to‘xtatadi, ammo har qanday holatda ham u odamlar uchun zararli bo‘lmaydi, xlor dioksidining butun hajmi reaksiyaga kirishadi va biz oldinroq muhokama qilganimizdek, dezinfeksiyalangan hududni ajratishni to‘xtatadi.


F.N.: — Ayni davrda bozorda sifatli va sifatsiz tibbiy niqoblar mavjud. Dorixonalarda 10 000 va 20 000 so‘mlik blokatorlar ham bor. Boshida ularning narxi 250 000-300 000 so‘m edi. Blokatorlar masalasi vaziyat qanday? 

M.Yu.: — Shubhasiz, hozirgi vaqtda bozor turli xil blokatorlar bilan to‘lgan. Har bir ishlab chiqaruvchi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lib, ma’lum sertifikatlarni taqdim etadi va kerakli tadqiqotlarni olib boradi. Har qanday mahsulotning, shu jumladan blokatorlarning narxi bevosita bunga bog‘liqdir. Shuningdek, asl mahsulot ekanligi, yetkazish shartlari, saqlash masalalari ham bor. Mahsulotlarimizga kelsak, bizning tovarlar to‘liq sertifikatlangani, tashish va saqlash shartlariga rioya qilinishi haqida ishonch bilan aytishimiz mumkin. Biz olib kirishni qayta tiklaganimizda, blokatorlar narxi yanada yuqori edi, biz narxlarni barqarorlashtirish va narxning asossiz ko‘tarilishining oldini olish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik. Ayni paytda chakana narxlar 150 ming so‘mga tengdir. Ushbu mahsulotlarning barchasi barcha kerakli hujjatlar va sertifikatlarga ega. Biz Yapon ishlab chiqaruvchisini tarqatmoqdamiz va bizning asosiy ustunligimiz – FDA sertifikatidir. FDA – bu nufuzli amerika tartibga solish organi bo‘lib, uning asosiy maqsadi asosan bozorga sifatsiz, zararli mahsulotlarning kirib kelishining oldini olishdan iboratdir. Shu sababli, biz mahsulotimiz sifatini ishonch bilan e’lon qilishimiz mumkin.

F.N.: — Sizningcha, bozordagi 20 000-30 000 so‘mlik blokatorlar, qanchalik sertifikatlangan, ular asl mahsulotlarmi, zararsizmi va qanday qilib soxta mahsulotlarni asl mahsulotlardan ajratish mumkin?

M.Yu.: — Biz kimdadir asl, boshqa birovda esa zararli mahsulot deb da’vo qilmaymiz. Biz faqat o‘z mahsulotimiz uchun javobgarmiz, chunki biz hujjatlar va dalillarga asoslanamiz. Bizga boshqa blokatorlarning kuchli hid chiqarishi haqida murojaatlar kelib tushgan holatlar bo‘lgan (ehtimol u yerda ajratib chiqarish texnologiyasi buzilgandir va hokazo). Bizning mahsulotimiz biroz sezilib turadigan hid chiqaradi va odamlarning g‘ashiga tegmaydi.

Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Blokatorlar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing