Veolia Energy quvur yorilishi ortidan yetkazilgan zararni qoplab beradi
3-sahifa
−
10 iyul 6168 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida suv quviri yorilib ketgani va oqibatda 3 kishi jarohat olgani xabar qilingandi. Mazkur hodisa tufayli yetkazilgan zararni ushbu tizimga mas’ul Veolia Energy kompaniyasi qoplab beradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025-2026 yillar isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida belgilangan jadvalga muvofiq bugun, 10 iyul kuni soat 10:40 da TC-10 qozonxonasi hududida, M 0-16 va M 0-17 issiqlik kamerasi oralig‘ida Farobiy va Shifokorlar ko‘chalari kesishmasida joylashgan issiqlik tarmog‘i uchastkasida 16 atmosfera bosimidagi mexanik mustahkamlik sinovlari o‘tkazilgan. Sinovlar davomida 12,6 atmosfera bosimida diametri 800 mm bo‘lgan trubadan suv chiqishi kuzatilgan. Ushbu issiqlik tarmog‘i uchastkasi 1989 yilda ekspluatatsiyaga topshirilgan.
Hodisa oqibatida yaqin atrofdagi do‘konlarga moddiy zarar yetgan, xususan, umumiy maydoni 8 metr kvadrat bo‘lgan oyna vitrinalari singan. Avariya yuz bergan uchastka tezkorlik bilan lokallashtirilgan hamda iste’molchilarni issiq suv bilan ta’minlash to‘xtatilmagan.
“Yuzaga kelgan quvurlar yorilishi sababli fuqarolar mulki, transport vositalari yoki boshqa ob’ektlarga yetkazilgan barcha zararlar Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplab beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi