Vinochilikdan logistikagacha. Mirziyoyev va Aliyev tor doiradagi uchrashuvda nimalar haqida gaplashdi?

Olam

image

Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ko‘ksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashgan.

“Ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. Qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.

2021 yil sentyabr oyida Ozarbayjonda mamlakatimiz avtomobillarini yig‘ish korxonasining ishga tushirilgani muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalardan biri bo‘ldi. Tashrif arafasida o‘tkazilgan biznes forumida umumiy qiymati yarim milliard dollarlik yangi investitsiya va savdo kelishuvlari imzolandi”, deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat hududida neft-gaz, gaz-kimyo, to‘qimachilik, farmatsevtika, vinochilik va oziq-ovqat tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi istiqbollarini muhokama qilgani aytilmoqda

Uchrashuvda, shuningdek, transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Transport yo‘laklarini rivojlantirish, yuk tashish tariflarini maqbullashtirish muhimligi ta’kidlangan.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, birgalikdagi ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarni o‘tkazish, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish muhim ekanini qayd etgan.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish masalalarini muhokama qilganlar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing