Vinisius Junior qamalishi mumkin
Sport
−
16 Oktabr 3655 1 daqiqa
“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior Braziliyada o‘zining 25 yoshini nishonlash uchun Rio-de-Janeyroda uyushtirgan katta ziyofat chog‘ida qo‘shnilarining tinchligini buzgani sabab sud qilinadi. Bu haqda “Cadena SER” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yil 19 iyuldan 21 iyulgacha davom etgan Vinisiusning tug‘ilgan kun tadbirlarida 500 ga yaqin mehmon ishtirok etgan. Ular orasida “Real Madrid” yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga va braziliyalik qo‘shiqchi Anitta bo‘lgan. Shuningdek, tadbir doirasida Trevis Skottning konserti va istirohat bog‘ida sayrlar ham bo‘lgan.
Shikoyatga ko‘ra, tadbir baland musiqa va shovqin bilan o‘tgan, bu esa qo‘shnilarni bezovta qilgan. Mahalla tinchligini buzilganligi haqida qo‘shnilar Harbiy politsiyaga murojaat qilgan va politsiya tadbir ishtirokchilaridan ovozni pasaytirishni talab qilgan. Vinisius va mehmonlar dastlab politsiya talablariga bo‘ysungan, ammo ular ketgandan so‘ng ovoz yana balandlashgan.
Ish Rio-de-Janeyro shtati 9-maxsus jinoyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Dastlabki sud majlisi joriy yilning 6 noyabr kuniga belgilangan. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, “boshqalarning ishini yoki tinchligini buzish” 15 kundan uch oygacha qamoq yoki jarima bilan jazolanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vinisius Juniorning Ispaniyadagi uyida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi