Vinisius jag‘ini operatsiya qildirdi
Sport
−
21 iyul 1437 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior jag‘ini operatsiya qildirdi. Bu haqda “Portal Leo Dias” xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi mundialdan qaytgach, Braziliyaning Goyas shtatidagi klinikalardan birida jag‘ini korreksiya qilish bo‘yicha estetik operatsiyani boshdan kechirgan.
Xabar qilinishicha, mazkur muolaja jag‘ shaklini yanada aniqlash, mustahkamlash va yuz qiyofasini uyg‘unlashtirishga qaratilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ommalashgan kosmetik amaliyotlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Norvegiyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark edi. Vinisius turnir davomida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifi bo‘ldi.
26 yoshli futbolchi 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Madrid klubi safida Vinisius uch marta Ispaniya chempioni, ikki marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u 2024 yilda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb e’tirof etilgan.