Vinisius YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid”ning braziliyalik a’zosi Vinisius Junior Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqdan UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Vinicius umumiy bosqichning 3-turida "Borussiya"ga qarshi o‘yinda 3 ta gol urib, xet-trik qayd etdi va jamoasining g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. 

Vinisiusdan tashqari sovringa "Barselona" a’zosi Rafinya, “Monako” a’zosi Takumi Minamino va “Milan” futbolchisi Teyani Reynders da’vogarlik qildi, biroq yakunda tashkilot qirollik klubi a’zosiga sovrinni topshirishni qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyada Vinisiusni haqorat qilmoqchi bo‘lgan muxlislar hibsga olingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Vinisius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing