Vinisius shaxsiy futbol klubiga ega bo‘ldi

Sport

image

“Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etadigan “Alverka” klubining xo‘jayinlaridan biriga aylandi. Bu haqda “Record” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi “Alverka”ning yangi ispan va braziliyalik aksiyadorlari safiga qo‘shildi. Kelgusi mavsumdan boshlab yangi investorlar o‘z lavozimiga kirishadi.

22 turdan keyin “Alverka” Portugaliya Segundasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda, bu esa ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri Portugaliya Primeyrasiga chiqish huquqini beradi.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior hozirda 24 yoshda. U va Erling Xoland hozirda dunyoning eng qimmat futbolchilari hisoblanadi. Har ikki vingerning qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Portugaliya Vinisius Junior Alverka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing