Vinisius “Real”ning Mbappeni “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar sifatida ko‘rayotganidan norozi – OAV

Sport

−

image

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior klub rahbariyatining hujumchi Kilian Mbappeni “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar sifatida ko‘rayotganidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Jurnalist Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, “Real Madrid” yulduzlari Kilian Mbappe va Vinisius Junior maydon tashqarisida yaxshi munosabatda bo‘lsa-da, maydonda ularning o‘zaro munosabatlari murakkabligicha qolmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Vinisius klubning Mbappeni “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy da’vogar sifatida ko‘rayotganidan norozi.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior ham Kilian Mbappe singari 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofotiga nomzodlar qatoriga kiritilgan. Taqdirlash marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mukofot g‘olibi FIFA reytingidagi eng yuqori 100 ta mamlakatdan tanlangan jurnalistlar ovozi orqali aniqlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing