Vinisius “klasiko”da eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylandi
Sport
−
22 aprel
1852Vinisius Junior “Barselona”ga qarshi La Liga 32-tur uchrashuvida (3:2) penaltini golga aylantirdi. “Real Madrid” vingeri “ko‘k-anorranglilar” darvozasiga faoliyatidagi 7-golini urdi va “El-klasiko”da gol urgan braziliyalik futbolchilar orasida peshqadam bo‘lib oldi.
23 yoshli futbolchi bu borada “klasiko”larda 6 tadan gol urgan hamyurtlari Ronaldo va Evaristo de Makedoni ortda qoldirdi.
Jovanni, Rivaldo va Ronaldino madridliklar va kataloniyaliklar qarama-qarshiligida 5 tadan gol urgan. Neymar va Romario hisobida 3 tadan gol mavjud.
Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 32-turidan so‘ng, 81 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. 71 ochko bilan “Barselona” ikkinchi, 68 ochko to‘plagan “Jirona” 3-o‘rinni band etgan.
LiveBarchasi