Viniciusni haqorat qilgan “Benfika” futbolchisi jazolandi
Sport
−
24 fevral 6399 1 daqiqa
Portugaliyaning “Benfika” jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Janluka Prestianni Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Real Madrid”ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. UEFA futbolchini bir o‘yinga vaqtinchalik diskvalifikatsiya qildi.
Ushbu qaror Lissabonda o‘tgan Chempionlar ligasi play-off bosqichining ilk uchrashuv yuzasidan olib borilayotgan tergovning oraliq xulosasi doirasida qabul qilingan. O‘sha o‘yinda Vinicius Junior Prestiannini irqchilikda ayblagandi.
“Benfika” futbolchisi esa braziliyalik o‘yinchi uning gaplarini noto‘g‘ri tushunganini ta’kidlagan. Shunga qaramay, UEFA Prestianni tomonidan kamsitishga oid dastlabki dalillar aniqlanganini ma’lum qilgan.
Tashkilot, shuningdek, vaqtinchalik diskvalifikatsiya yakuniy qarorga ta’sir qilmasligini bildirgan. Bu esa Prestiannining qo‘shimcha jazoga tortilishi ehtimolini ochiq qoldiradi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi ertaga, 25 fevral kuni Madrid shahridagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi