Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Vinisius “Real”ning mutlaq rekordchisiga aylandi

Sport

image

2024/2025 yilgi Ispaniya kubogi yarim finalida “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan “Real Madrid”ning braziliyalik vingeri Vinisius Junior golli uzatma bo‘yicha klub rekordchisiga aylandi.

24 yoshli braziliyalik futbolchi Ispaniya kubogi doirasidagi 25 ta uchrashuvda 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu “qaymoqranglilar” tarixidagi birinchi va turnir tarixidagi uchinchi natija hisoblanadi. Musobaqa rekordchisi “Barselona”ning argentinalik sobiq hujumchisi Lionel Messi bo‘lib, uning hisobida 27 golli uzatma bor. Ikkinchi o‘ringa 15 golli uzatma bilan Messining “Barselona” va “Inter Mayami”dagi jamoadoshi Xordi Alba joylashgan.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.“Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Vinisius Junior

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing