O‘zbekistonda viloyatlararo harakatlanish to‘xtatildi

Jamiyat

13

Bugun, 27 martdan boshlab O‘zbekistonda viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

“Hurmatli fuqarolar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 27 mart soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. 

Aholi salomatligini asrash, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan vaqtinchalik cheklov choralarini to‘g‘ri baholagan holda unga so‘zsiz amal qilishingizni so‘rab qolamiz.  

Karantin qoidalariga qat’iy amal qilish va asosiy vaqtni uyda o‘tkazish koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishda eng samarali usuldir. Shu bois zarurat bo‘lmaganda, ko‘chaga chiqmasdan, oila davrasida qolish juda muhimligini eslatib o‘tmoqchimiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, ushbu cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tadbiq etilmaydi. Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar 83 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing