Viloyatlararo transport qatnovi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga pandemiya qayta kuchaygan taqdirda vazirlik va idoralar bajarishi lozim bo‘lgan birlamchi vazifalar belgilangan tartibni tasdiqlash bo‘yicha topshiriq berdi. 

Olis hududlarning poytaxt Toshkent bilan transport aloqasini tiklash juda dolzarb masala bo‘lib turibdi. Shu bois Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farg‘ona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Poytaxt Toshkent bilan viloyatlaaro qatnov joriy yilning 24 mart kuni to‘xtatilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining 28 martdagi qarori bilan esa 30 martdan 20 aprelgacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida DXA tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)siz avtomobil boshqarishgga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi. Keyinroq, bu cheklovlar velosiped va skuterlarga ham joriy yilindi. 

Ko‘p o‘tmay, qaror ijrosi muddati 10 mayga qadar uzaytarildi. 10 may kuni Respublika maxsus komissiyasi qarori bilavn shahar va tumanlar "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratildi. "Sariq" va "qizil" ro‘yxatga kirgan shaharlar va tumanlarda cheklovlar o‘z kuchida qoldi.

Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o‘rganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga bular bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

“Dunyo hamjamiyati koronavirusga qarshi vaksina va davolaydigan dori vositasi hali topilmagani sababli ushbu infeksiya mavjud bo‘lgan sharoitda yashash va ishlashga o‘rganish zarurligi to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelmoqda. Biz ham epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda, karantin talablarini yumshatishni boshlaganmiz va buni bosqichma-bosqich davom ettiramiz”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

965

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing