Viloyatlararo magistrallarning aholi yashaydigan qismlarini yoritish taklif etildi
Jamiyat
−
16 may 2019
4573Fuqaro tomonidan “Aholi yashaydigan joylarda avtomobil yo‘llarini yoritish to‘g‘risida” petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirildi.
Murojaat muallifi O‘zbekistonda piyodalar ishtirokida ko‘plab yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganligi sababli respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining aholi yashash joylaridan o‘tgan qismini yoritish choralarini ko‘rishni taklif qilgan.
Ma’lum qilinishicha, respublika ahamiyatidagi viloyatlararo avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakat tezligi yuqori bo‘lib, bu piyodalarga katta xavf tug‘diradi.
“Ushbu taklifimizda bildirilgan dolzarb masalani O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, mas’ul davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari hamda homiylarni jalb etish orqali hal etish maqsadga muvofiq”, deya yakunlanadi murojaat.
LiveBarchasi