Viloyat “zamhokimi” Yangiyer shahriga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2022 7695 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Yangiyer tumaniga Otabek Ural o‘g‘li Nosirov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Otabek Nosirov 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Otabek Nosirov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Jizzax politexnika institutini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
“Otabek Nosirov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirdi.
To‘plagan ish tajribasi orqali Yangiyer shahrining drayver yo‘nalishlarini yaxshi biladi, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha astoydil mehnat qiladi degan umiddamiz”, dedi G‘ofurjon Mirzayev yangi hokim haqida fikr bildirdib.
Eslatib o‘tamiz, Yangiyer shahrining sobiq hokimi Ilyor Xo‘jayev joriy yilning 8 iyul kuni betobligi sabab vafot etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025