Oq uy “tilga kirdi”. Eron hujumi masalasida bayonot beriladi
Olam
−
08 yanvar 2020
26307Avvalroq, butun dunyo AQSH Prezidenti Donald Tramp yoki Oq uyning rasmiy bayonotini kutayotgani haqida xabar bergan edik. Va nihoyat AQSHda tong otdi, ish boshlandi. Oq uy esa Amerika vaqti bilan 11:00 (Toshkent vaqti bilan 21:00) da rasmiy bayonot berilishini e’lon qildi. Bu haqda Oq uyning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 yanvar kuni AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi bazaEron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Rasmiy Tehron ushbu hujumda 80 nafar AQSH harbiylari qurbon bo‘lganini iddao qilmoqda. AQSH Prezident Donald Tramp esa hammasi joyida ekanini aytib chiqdi.
Prezident Tramp ham, Oq uy ham talafotlar haqida miq etgani yo‘q. Eron va AQSH munosabatlarining qanday davom etishi esa Prezident Trampning bayonotiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi