Video: Jizzaxdagi bino qanday qulab tushdi?

Jamiyat

Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ushbu ko‘p qavatli binoning qulash jarayoni aks etgan video taqdim etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa bugun, 10 yanvar kuni saot 17:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bino Jizzax shahar “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan edi. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyat favuqlotda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastgi 2 qavati noturarjoy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

910

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing