Video: O‘rta Chirchiqda bola o‘g‘risi qo‘lga olindi

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lgan voqea videosi tarqaldi. Unda noma’lum erkak bolalarni o‘g‘irlashda ayblanib, odamlar tomonidan “samosud” qilinishiga bir bahya qolgani tasvirlangan. Janjalli vaziyatga IIV xodimlari aralashib, mojaroning oldini olgan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati bergan ma’lumotda qayd etilishicha, voqea 5 iyun kuni O‘rta Chirchiq tumani “Toshloq” MFYda sodir bo‘lgan.

“Toshloq” MFYning Navro‘z ko‘chasida yashovchi A.A. O‘rta Chirchiq tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat kilgan. Fuqaro murojaatida 5 iyun kuni soat 14:00 da O‘rta Chirchiq tumani “Toshloq” MFY, Navro‘z ko‘chasida farzandi 2011 yil 15 mayda tug‘ilgan T.Sh.ga noma’lum shaxs 1000 (ming) so‘m pul berib, unga “senga hayitlik, yur uyimga olib boraman”, deb aytib, aldab olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida kizcha karshilik kilganini aytgan. Ta’kidlanishicha, qizchaning qarshilik qilayotganini shu mahallada yashovchi P.K. ko‘rib qolgan va qo‘shnilar bilan birga ushbu noma’lum shaxsni ushlab olishgan. Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIBga xabar qilingan va fuqaro ushbu xolat yuzasidan konuniy qaror qabul qilishlikni so‘ragan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bola o'g'risi O'rta Chirchiq

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing