IIV Nazarbekda lokomativ yonishi bo‘yicha tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
4798Avvalroq, Toshkent viloyatining Nazarbek qishlog‘idan o‘tuvchi temir yo‘l orqali harakatlanayotgan poyezdning lokomotivi yonib ketgani haqida xabar bergan edik.
Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati mazkur hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 25 yanvar kuni soat 14:30 larda “Nazarbek” temir yo‘l bekatida vagonlarni belgilangan joyga taqsimlayotgan mashinist Rayhonov Ruslan boshqaruvidagi 2157-sonli elektrovozning ikkinchi kabinasida yong‘in chiqqan.
“Yong‘in soat 15:45 da Yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan o‘chirilgan va uning sabablari o‘rganilmoqda. Hodisa yuz berishi oqibatida jarohatlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi