Video: Shahram G‘iyosov sobiq chempionni 40 soniyada nokautga uchratdi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov professional boksda navbatdagi g‘alabasini tezkor nokaut bilan qo‘lga kiritdi. 

Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) 25 avgustga o‘tar kechasi Meksikaning Ermosilo shahridagi “Sentro de Usos Multiples” arenasida kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (33-4-2, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va WBA International chempionlik kamarini himoya qildi. 

O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundning 30 soniyasi o‘tmasdan kross zarba bilan raqibini yiqitdi. 35 yoshli bokschi bokschi referi sanog‘i yakunlaniga qadar o‘rnidan tura olmadi va 41 soniyada nokaut qayd etildi.

Kolumbiyalik ustidan qozonilgan g‘alaba Shahramning professional boksdagi 9-g‘alabasi bo‘ldi. U bu janglardan 7 tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shahram G'iyosov boks Darlis Peres

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing