Video: Saudiya Arabistonida qor yog‘di
Olam
−
18 fevral 2019
19078Saudiya Arabistonining shimoliy Jabal al-Lauz tog‘li rayonida qor yog‘di. Mahalliy aholi vakillari allaqachon chanalarni ijaraga berish punktlarini tashkil qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda badaviylarning an’anaviy ruboh va kufiyada qorda uchayotganini ko‘rish mumkin. Bolalar ham chetda turmay, qordan turli shakllar yasab, o‘ynayapti.
Tabuk viloyatida joylashgan, dengiz sathidan 2,5 ming metr yuqorida joylashgan Jabal al-Lauz rayonida ikkinchi yildirki qor yog‘yapti.
Shimoldagi Tabuk viloyatining bir qismi Neom kelajak shahri loyihasiga kirgan. Shahar Saudiyada turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Podshohlikda musulmonlar uchun muqaddas hisoblanuvchi Makka va Madina shaharlarini hisobga olmaganda turizm uchun deyarli imkoniyat yaratilmagan.
LiveBarchasi