Ronaldu zaxiraga olinganidan jahli chiqdi. Pirlo qanday fikrda? (Video)
Sport
−
04 fevral 2021
9847Ronalduning shartnomasida uni almashtirib bo‘lmasligi haqidagi band yo‘q. Bu haqda “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Andrea Pirlo “Inter” bilan o‘yindan so‘ng ma’lum qilgan.
“Yuventus” Italiya Kubogi yarimfinali doirasida “Inter” ustidan 2:1 hisobida ustun keldi. Turinliklar murabbiyi Pirlo o‘yinda dubl qayd etgan Krishtianu Ronalduni uchrashuvning 77-daqiqasida zaxiraga olishga qaror qildi. Bundan portugaliyalik forvardning jahli chiqdi. O‘yindan so‘ng, Pirlo ushbu voqeaga munosabat bildirdi.
Ronaldo’s reaction to being subbed off against Inter 😧😧 pic.twitter.com/QQ8BoZ5KAt
— ESPN FC (@ESPNFC) February 3, 2021
“Bunday o‘yinlarda to‘liq o‘ynashni xohlaysiz va jamoaga yordam berasiz. Lekin Krishtianuning shartnomasida uni alamashtirib bo‘lmasligi haqidagi band yo‘q”, deydi Pirlo.
Pirlo Ronaldu asosiy o‘yinchi ekanini, ammo eng yaxshi formada bo‘lib qolish uchun dam olish ham zarurligini ta’kidlagan.
"U so‘nggi paytlardagi tanqidlarga munosib javob berdi.
Ronalduga dam olishi kerakligini aytdim, shanba kuni bizda muhim o‘yin bor.U ketma-ket ko‘plab o‘yinlarda harakat qildi, shuning uchun ozroq dam olish foydali bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan Pirlo.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2018 yilning yozgi transferlar oynasida “Real Madrid”dan Italiyaning “Yuventus” klubiga o‘tgan edi. Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich yaqinda 36 yoshga to‘ladigan futbolchi uchun yomon natija emas.
LiveBarchasi