Samarqandda uchrashuvga chiqqan yoshlar “samosud” qilindi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda, Samarqandda tunda uchrashuvga chiqqan yigit va qizni haqoratlab, ularni urganligi aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Mazkur holat joriy yilning 3 mart kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat taxminan 21:00 atrofida Samarqand shahar “Jomiy” mahallasida yashovchi fuqaro (qiz bola) B.M.ning qo‘l telefoniga Toyloq tumani “Nurli-yo‘l” mahallasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan O.A. qo‘ng‘iroq qilib, birgalikda sayr qilishni taklif qiladi. Taklifga rozi bo‘lgan B.M. singlisi M.B. bilan yashash uyi oldidagi ko‘chaga chiqadi.

O.A. uchrashuvga mahalladoshi 1996 yilda tug‘ilgan X.D. ning mashinasida borib, hammasi birgalikda Toyloq tumani “Nurli-yo‘l” mahallasida joylashgan, hozirgi kunda Turkiya davlatida bo‘lgan fuqaro “A”ga tegishli bo‘lgan uyga borishadi.

Ichkaridagi shovqinni eshitgan qo‘shnilar Q.S., N.A., Q.A., B.F., O.A., X.D. uyga kirishadi. Fuqaro Q.S. qizlarni haqoratlab, yuziga tarsaki urib, o‘zboshimchalik bilan jazolamoqchi bo‘ladi. Shu vaqtda qolgan fuqarolarning bir nechtasi holatni videotasvirga olib, tungi vaqtda xonadonda baqir-chaqir qilishadi.

Mazkur holatdan xabar topgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi janjalni oldini olish maqsadida fuqarolarni tarqatib yuboradi.

Samarqand viloyat IIB xodimlarining olib borgan dastlabki tekshiruvlari natijasida fuqarolar Q.S., N.A., Q.A., B.F., O.A., X.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 41-moddasi, 52-moddasi 2-qismi, 183-moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tegishli tartibda qonuniy qaror qabul qilishlik uchun Toyloq tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga yuborildi.

Fuqaro Q.S. qonunni yaxshi bilmasligini, bu kabi harakatlar boshqa qaytarilmasligini ma’lum qilib, qizlarni haqorat qilganligi, ularga nisbatan qilgan boshqa harakatlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirdi. Holat yuzasidan yakuniy qarorni sud organi qabul qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand samosud

Baholaganlar

860

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing