Elektron jurnalistika xodimlari va blog yurituvchilarning majburiyatlari belgilanadi

Jamiyat

image

Elektron axborot vositalari orqali fikr bildiruvchilarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan. 

2020 yilning 30 noyabr kunigacha O‘zbekistonda elektron jurnalistika, blog yuritish va elektron axborot vositalari orqali fikr bildirish faoliyatining huquqiy mexanizmi belgilanadi.

Ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasida elektron jurnalistika xodimlari va blog yurituvchi (ta’sischi) elektron axborot vositalari orqali fikr bildiruvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash ko‘zda tutilgan

Bundan tashqari, aholiga tezkorlik bilan to‘g‘ri axborotlarni ular orqali yetkazishda davlat idoralarining matbuot xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash choralari amalga oshiriladi.

Internet tarmog‘i axborot maydonida respublika imijini yanada oshirishga qaratilgan materiallarni joylashtirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat dasturi jurnalistika

Baholaganlar

44

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing